BMTda Afg'oniston bo'yicha navbatdan tashqari yig'ildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi kecha Afgʻonistondagi Tolibon muvaqqat hukumati tomonidan ayollar zimmasiga yuklangan “roʻmol oʻrash” majburiyatini muhokama qilish uchun navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazdi.

1826448

Buyuk Britaniyaning BMTdagi elchisi Barbara Vudvord yopiq uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qilishicha, elchilar BMTning Afg‘onistondagi siyosiy missiyasi faoliyatini muhokama qilgan, ayniqsa ayollar va qizlarning ahvoliga e’tibor qaratgan.

Norvegiyaning BMTdagi elchisi o‘rinbosari Trine Xaymerbek yig‘ilish oldidan jurnalistlar bilan suhbatda Tolibon siyosati mamlakatdagi halokatli iqtisodiy va gumanitar vaziyatni hal qilishdan ko‘ra ayollarga zulm qilishga qaratilgani va bu zo‘ravonlik va radikallashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Norvegiya bayonotida Tolibon ayollar huquqlarini cheklovchi siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqiriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik bo'yicha norasmiy ekspert guruhi hamraislari bo'lgan Irlandiya va Meksika Tolibonning so'nggi qarorini "dahshatli" deb ta'riflab, Kengash a'zolariga maktub yo'lladi.

Tolibon muvaqqat hukumatining yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan saqlanish vazirligi 7-may kuni bergan yozma bayonotida, yangi qoidalarga ko‘ra, voyaga yetgan ayollar uchun “ro‘mol o‘rash” majburiy ekanligini ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Hijob , #Tolibon , #BMT

Aloqador xabarlar