Shri-Lanka, harbiylarga namoyishga qatnashganlarga qarshi o’t ochish buyurig’i berdi

Shri-Lanka Mudofaa vazirligi harbiylarga hozirgacha 8 kishi halok bo‘lgan namoyishlarda qatnashganlarga qarshi o’t ochishni buyurdi.

1825230
Shri-Lanka, harbiylarga namoyishga qatnashganlarga qarshi o’t ochish buyurig’i berdi

 

Shri-Lanka Mudofaa vazirligi harbiylarga hozirgacha 8 kishi halok bo‘lgan namoyishlarda qatnashganlarga qarshi o’t ochishni buyurdi.

India Today nashr, Armiya, Havo va Harbiy-dengiz kuchlariga namoyishlar chog‘ida jamoat mulkiga yoki boshqalarga zarar yetkazgan har bir kishiga o‘t ochish ko‘rsatmasi berildi deya  xabar berdi

Hukumatga qarshi namoyishchilar hukmron Rajapaksa oilasi tarafdorlarining mamlakatni tark etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kolombodagi Bandaranaike aeroportiga olib boruvchi yo‘lda nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi.

Boshqa tomondan, prezident Gotabaya Rajapaksa namoyishchilarni "qasos olish harakatlari" ni to'xtatishga chaqirdi.

Rajapaksa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

"Men odamlarni, siyosiy qarashlaridan qat'i nazar, xotirjamlikni saqlashga, zo'ravonlik va qasos olish harakatlarini bas qilishga chaqiraman. Konsensus orqali konstitutsiyaviy vakolat doirasida siyosiy barqarorlikni tiklash va iqtisodiy inqirozni bartaraf etish uchun barcha zarur sa'y-harakatlar amalga oshiriladi".  Deya bildirdi.

Mamlakatdagi zo‘ravonliklarda halok bo‘lganlar soni 8 kishiga yetdi, 250 ga yaqin kishi  tan jarohati oldi.

Muxolifat va namoyishchilarning bosimi kuchaygach, Bosh vazir Mahinda Rajapaksa oldingi kun iste'foga chiqqani va mamlakat bo'ylab komendantlik soati e'lon qilingani xabar qilingandi.

Poytaxt Kolomboda zo‘ravonliklarni nazorat qilish uchun harbiy qismlar joylashtirildi.

Hukumatga qarshi namoyishlar

Bir guruh namoyishchilar 13 soat davom etgan elektr taʼminotidagi uzilishlardan soʻng 31-mart kuni prezident Gotabaya Rajapaksa qarorgohi yaqinida toʻplana boshladi. Politsiya namoyishchilarga ko'zdan yosh oqizuvchi gaz bilan aralashdi va ba'zi hududlarda komendantlik soati e'lon qilindi.

Prezident Rajapaksa namoyishlarni "terroristik harakatlar" deb ta'riflab, voqealar uchun "ekstremistik kuchlarni" javobgar deb hisoblab, 1 aprel kuni favqulodda holat e'lon qildi.

Favqulodda holat choralari 5 aprel kuni bekor qilindi, biroq butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar davom etdi. Shundan so'ng 6 may kuni yana favqulodda holat e'lon qilindi.

Janubiy Osiyodagi 21 million aholiga ega bo'lgan orol davlati Shri-Lanka 1948 yildan beri eng og'ir iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgani ta'kidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #O't ochish , #namoyishlar , #Shri-Lanka

Aloqador xabarlar