Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 350 askar halok boʻldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 10-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1824545
Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 350 askar halok boʻldi

Rus armiyasi Ukrainada 26 ming askaridan ajradi. Shuningdek, urush davomida ruslar 199 ta uchoq, 158 ta vertolyot va 1 ming 170 ta tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 10-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan oxirgi 24 soatda yana 350 nafar askar halok boʻlgan. Natijada rus armiyasidan bugungacha 26 ming askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 199 ta uchoq, 158 ta vertolyot, 1 ming 170 ta tank, 2 ming 808 ta zirhli vosita, 519 ta og‘ir qurol, 185 ta raketa otish tizimi va 87 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 980 ta mashina, 12 ta kema va tezyurar qayiqlar va 380 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan. Bunga qo‘shimcha sifatida ruslar uloqtirgan 94 ta qanotli raketa ham Ukraina havo mudofaa qismlari tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, rus askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy harakat boshlatgandi.



Aloqador xabarlar