BMT,Ukrainada ko'plab maktablar, kasalxonalar va ibodatxonalar zarar ko'rdi deya bildirdi

Rossiya hujumi ostida Ukrainada ko‘plab maktablar, kasalxonalar va ibodatxonalar zarar ko‘rgani yoki vayron bo‘lgani xabar qilindi.

1824928
BMT,Ukrainada ko'plab maktablar, kasalxonalar va ibodatxonalar zarar ko'rdi deya bildirdi

Rossiya hujumi ostida Ukrainada ko‘plab maktablar, kasalxonalar va ibodatxonalar zarar ko‘rgani yoki vayron bo‘lgani xabar qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Inson huquqlari bo'yicha kuzatuv missiyasi rahbari Matilda Bogner Shveytsariyaning Jeneva shahridagi BMT ofisida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Ukrainaga tashrifi haqida o'z kuzatuvlarini bildirdi.

O'tgan hafta safari doirasida poytaxt Kiev va Chernigov viloyatining 14 ta shahrini ziyorat qilganini ifoda etgan Bogner, rus askarlari tomonidan mart oyi oxirigacha ishg'ol qilinganidan keyin bu yerdagi yashash joylari xaroba, tinch aholi esa xarob  vaziyatda ekanini  ta'kidladi.

Rossiya tomonidan hujumga uchragan ko'plab shaharlarda tinch aholining suv va oziq-ovqat topishda qiynalayotganini tilga olgan Bogner, bu hududlarda infratuzilmalarning qulashi tufayli sog'liqni saqlash xizmatlarining ham qiyinlashayotganini qayd etdi.

Matilda Bogner, BMT ma'lumotlariga ko'ra, urush boshlangan 24-fevraldan buyon Rossiyaning hujumlari natijasida 3 ming 381 nafar tinch aholining hayotdan ko'z yumganini va bu hujumlarda 3 ming 680 kishining jarohatlanganini ta'kidladi.

Bognerning taʼkidlashicha, Ukraina boʻylab musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarga tegishli kamida 50 ta ibodatxona mojaro natijasida yaroqsiz holga kelgan

Matilda Bogner, shuningdek, aloqaga chiqqan tinch aholidan rus askarlarining ukrainaliklarga nisbatan zo'rlash, hibsga olish va o'g'irlash kabi harakatlar sodir etgani haqida xabar olganliklarini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar