Yaponiya Rossiyadan neft importini taqiqlamoqchi

Yaponiya hukumati Ukrainada davom etayotgan urush tufayli Rossiyaga qo'ygan iqtisodiy sanksiyalar doirasiga neft importini taqiqlashni ilova qilishni rejalashtirmoqda.

1824500
Yaponiya Rossiyadan neft importini taqiqlamoqchi

 

Yaponiya hukumati Ukrainada davom etayotgan urush tufayli Rossiyaga qo'ygan iqtisodiy sanksiyalar doirasiga neft importini taqiqlashni ilova qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yaponiya “Katta yettitalik”ga (G-7) a’zo mamlakatlar bilan birdamlik asosida Rossiyadan neft importi taqiqlanadi.

"Bu juda qiyin qaror, lekin hozir eng muhimi “Katta yettitalik”ga a’zo mamlakatlarning birdamligidir",-dedi Yaponiya Bosh vaziri.

U shuningdek, Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidagi neft va gaz loyihalarida "Yaponiya manfaatlarini himoya qilishlarini" qo'shimcha qildi.

“Saxalin-1” va “Saxalin-2” loyihalari bilan bog'liq holda "Yaponiyaning energiya xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega" ekanligini ta'kidlagan Bosh vazir Kishida, Rossiyadan neft importini bosqichma-bosqich to'xtatishlarini qayd etdi.

"Biz buni aholi va biznesga salbiy ta'sirlarini minimallashtirish nuqtai nazaridan bosqichma-bosqich to’xtatamiz, ammo bizning manfaatlarimizni himoya qilish rejamiz saqlanib qolmoqda",-deb qo’shimcha qiladi Yaponiya Bosh vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Kishida Fumio , #Yaponiya

Aloqador xabarlar