Xatibzoda:"AQSH Eron xalqiga yetkazilgan zararni qoplasa yadroviy bitimni imzolashga tayyormiz"

Agar AQSH sanksiyalar natijasida Eron xalqiga yetkazilgan zararni qoplasa, Eron yadroviy bitim imzolashga tayyor. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda ma'lum qildi.

1824295
Xatibzoda:"AQSH Eron xalqiga yetkazilgan zararni qoplasa yadroviy bitimni imzolashga tayyormiz"

 

Agar AQSH sanksiyalar natijasida Eron xalqiga yetkazilgan zararni qoplasa, Eron yadroviy bitim imzolashga tayyor.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda ma'lum qildi.

“Agar AQSH bugun qaror qabul qilsa va Eron xalqining cho‘ntagidan olganlarini qaytarib bersa, yo‘qolganlar uchun tovon to‘lashga rozi bo‘lsa va huquqlarni hurmat qilsa, ertasi kuni biz Venaga qaytamiz va kelishuvni imzolaymiz”, deydi diplomat.

Said Xatibzoda poytaxt Tehronda o'tkazgan haftalik matbuot anjumanida yadroviy muzokaralar va Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar xizmati Bosh kotib o'rinbosari va siyosiy direktori Enrike Moraning yaqin kunlarda amalga oshiradigan tashrifi haqida bayonot berdi.

“Agar Qo‘shma Shtatlar bugun o‘z qarorini qabul qilsa va Eron xalqining cho‘ntagidan olganini qaytarib bersa, yo‘qotilgan huquqlarini qoplashga rozi bo‘lsa va bu huquqlarni hurmat qilsa, Moraning Tehronga tashrifining ertasiga biz Venaga qaytamiz va kelishuvni imzolaymiz",-dedi u.

Yadroviy kelishuv 2015 yilda Eron va BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya), shuningdek, Germaniya o‘rtasida imzolangan. Hujjat Tehronga uranni 3,67 foizgacha boyitishni davom ettirishga ruxsat berib, ishlab chiqarishni 300 kilogrammgacha cheklaydi.

2018 yilda Qo‘shma Shtatlar yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘xtatdi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 11 mart kuni Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar “tashqi omillar” tufayli to‘xtatilganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Said Xatibzoda , #Eron

Aloqador xabarlar