IHT Bosh kotibi Huseyin Ibrohim Taha, islom dunyosi davlatlarini birdamlikka chaqirdi

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Huseyin Ibrohim Taha, “Islomning e’tiborini to’g’rilash” uchun islom dunyosi davlatlari birlikka muhtoj ekanini  ta’kidladi.

1823786

Huseyin Ibrohim Taha Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) poytaxti Abu Dabida Butunjahon Musulmon Jamiyatlari Kengashi   tomonidan uyushtirilgan ikki kunlik konferentsiyaning ochilishida nutq so'zladi.

Konferensiya maqsadlariga e’tibor qaratgan İbrahim Taha, Islom olamining “Islomning e’tiborini  to’g’rilash kabi ko’plab muammolarga duch kelganlarini  qayd etdi. Taha“Bu holat islom birligi tushunchasini va islom dini e’tiborini yaxshilash uchun musulmonlar, islom mamlakatlari, jamiyat va muassasalarning birdamligi talab qiladi”. dedi.

Dunyo bo'ylab urushlar, etnik va mazhablararo to'qnashuvlar kuchayib borayotganiga diqqat qaratgan Taha, konferensiyaning shu doirada tashkil etilganligini  qayd etdi . Taha, “Ko’plab islom davlatlarida beqarorlikka sabab bo’lgan urush va to’qnashuvlardan Islom olami ham ta’sirlanmoqda” deya qayd etdi.

Aloqador xabarlar