Zelenskiy Germaniya prezidenti Shtaynmayerni Kiyevga taklif qildi

Kecha, 5 may kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi.

1822808
Zelenskiy Germaniya prezidenti Shtaynmayerni Kiyevga taklif qildi

 

Kecha, 5 may kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi.

Qayd etilishicha, yetakchilar muloqot chog‘ida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan.

Shtaynmayer Zelenskiyga Ukrainaning rus bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashiga hurmat ko’rsatishini va qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

Shuningdek, Germaniya hukumati Ukrainani urush boshlangandan beri moliyaviy va harbiy jihatdan qo’llab-quvvatlaganini va uning yonida ekanini ma’lum qilgan.

Ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ushbu muloqotni o’ta muhim va samarali deb baholadilar. Ular o’rtada yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga chek qo’yish va bundan buyon yana ham yaqin aloqada bo’lishga kelishib oldilar.

45 daqiqa davom etgan suhbatda Shtaynmayer Zelenskiyni Germaniya Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan.

Zelenskiy ham Shtaynmayer va butun Germaniya rahbariyatini Kiyevga taklif qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun Rossiyaga tashrif buyurmayotganini ma’lum qilgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar