Meksikada yuk mashinasida ketayotgan 310 nafar muhojir qo‘lga olindi

Meksikaning Verakrus shtatida to‘xtatilgan  yuk mashinasi tirkamasida ketayotgan 310 nafar tartibsiz muhojir qo‘lga olindi.

1822329
Meksikada yuk mashinasida ketayotgan 310 nafar muhojir qo‘lga olindi

Meksikaning Verakrus shtatida to‘xtatilgan  yuk mashinasi tirkamasida ketayotgan 310 nafar tartibsiz muhojir qo‘lga olindi.

Meksika ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, Verakrus-Puebla trassasida yoqilg'i quyish shoxobchasida kutib turgan yuk mashinasi politsiya tomonidan muntazam tekshiruvlar doirasida tintuv qilingan.

115 nafari ayol bo'lgan 310 nafar muhojir sog'liqni saqlash markaziga olib borilgan.

Muhojirlar nazorati chog'ida 21 kishining sog'lig'ida jiddiy muammolar borligi, 2 nafarining homilador bo'lgani bildirildi.

Rasmiylar tomonidan berilgan bayonotda, muhojirlarning asosiy qismini Markaziy va Janubiy Amerikadan kelgan odamlar tashkil etgani bildirildi.

Milliy Migratsiya Instituti (INM) ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda Meksikada 114 mingdan ortiq xorijlik deportatsiya qilingan. O'sha yili 131 ming 448 kishining o'lkaga qochqin bo'lish uchun murojaat qilgani, ularning 51 ming nafarining Gaitilik bo'lgani ma'lum qilindi.

O'z mamlakatlaridagi zo'ravonlik, ishsizlik va qashshoqlik kabi muammolar tufayli yaxshiroq hayot qurish uchun Amerika Qo'shma Shtatlariga (AQSh) borishga harakat qilgan tartibsiz muhojirlar ko'pincha odam savdogarlarining qo'liga tushadi.

Ko'p yillar davomida Markaziy Amerika davlatlaridan chiqib ketgan ko'p sonli tartibsiz muhojirlar Gvatemala va Meksika orqali AQShga yetib borishga harakat qilmoqda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar