Yevropa Ittifoqi patriarx Kirillni sanksiya ro‘yxatiga kiritmoqchi

Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar xizmati tomonidan tayyorlangan sanksiya matnida Patriarx Kirill "Rossiyaning Ukrainaga hujumini qo'llab-quvvatlagan eng asosiy odamlardan biri" sifatida tilga olingan.

1822293
Yevropa Ittifoqi patriarx Kirillni sanksiya ro‘yxatiga kiritmoqchi

 

Yevropa Ittifoqi rus pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirillni Rossiyaning Ukrainaga hujumini qo‘llab-quvvatlaganligi sababli sanksiya ro‘yxatiga kiritmoqchi.

G'arb matbuotiga YeI Patriarx Kirillni Rossiyaga qarshi tayyorlangan sanksiyalarning 6-paketiga kiritishi haqidagi ma'lumotlar tarqaldi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar xizmati tomonidan tayyorlangan sanksiya matnida Patriarx Kirill "Rossiyaning Ukrainaga hujumini qo'llab-quvvatlagan eng asosiy odamlardan biri" sifatida tilga olingan.

Patriarx Kirill shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina haqidagi fikrini kuchaytirgan muhim faol sifatida ham baholandi. Misol tariqasida, Kirillning urushni qo'llab-quvvatlovchi ma'ruzalari misol tariqasida keltirildi.

Patriarx Kirill uzoq vaqtdan beri Putinning eng yaqin tarafdorlaridan biri sifatida ko'rsatilib kelinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqining 6-sanksiya paketi Rossiyadan neft importini taqiqlash, ba’zi banklarni, jumladan, Rossiyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Sberbankni SWIFT tizimidan chiqarish va ba’zi rus ommaviy axborot vositalarini taqiqlash kabi choralarni o‘z ichiga oladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #sanksiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar