Oxirgi 24 soatda rus armiyasidan 300 askarning halok bo‘lgani aytilmoqda

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 4-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1821971
Oxirgi 24 soatda rus armiyasidan 300 askarning halok bo‘lgani aytilmoqda

Rus armiyasi Ukrainada 24 ming nafardan ortiq askaridan ajradi. Shuningdek, urush davomida ruslar 194 ta uchoq, 155 ta vertolyot va 1 ming 77 ta tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 4-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan oxirgi 24 soatda yana 300 nafar askar halok bolgan. Natijada rus armiyasidan bugungacha 24 ming 500 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 194 ta uchoq, 155 ta vertolyot, 1 ming 77 ta tank, 2 ming 610 ta zirhli vosita, 491 ta og‘ir qurol, 163 ta raketa otish tizimi va 81 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 867 ta mashina, 10 ta kema va tezyurar qayiqlar va 303 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar