Armanistondagi namoyishlarda yana 169 kishi nazorat ostiga olindi

Armanistondagi namoyishlar kuchayib bormoqda.

1821752
Armanistondagi namoyishlarda yana 169 kishi nazorat ostiga olindi

Armanistonda 1-maydan beri kuchayib borayotgan va hukumatga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda bugun yana 169 kishi nazorat ostiga olindi.

Armanistonning rasmiy axborot agentligi “Armenpress” xabariga ko‘ra, namoyishchilar, Yerevan-Sevan o‘rtasidagi serqatnov avtomobil yo‘li bilan Yerevan markazidagi ko‘chalarni transport harakati uchun to‘sib qo‘ygan.

Politsiya bugungi namoyishlarda Yerevanda 155, Gegarkunikda 8 va Araratda 6 jami 169 kishini nazorat ostiga oldi.

Kecha boʻlib oʻtgan namoyishlarda 189 kishi nazorat ostiga olingani qayd etilgandi.

Ozarbayjonning 2020-yilning noyabr oyidagi Qorabogʻ gʻalabasidan beri Armaniston hukumatining mintaqadagi siyosatiga norozilik bildirgan va Bosh vazir Nikol Pashinyanning isteʼfosini talab qilgan muxolifat, 1-maydan boshlab poytaxt Yerevan koʻchalarida toʻplana boshlagandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Yerevan , #namoyish

Aloqador xabarlar