Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 200 askar halok boʻldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 29-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1820627
Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 200 askar halok boʻldi

Rus armiyasi Ukrainada 23 mingga yaqin askaridan ajradi. Shuningdek, urush davomida ruslar 189 ta uchoq, 155 ta vertolyot va 986 ta tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 29-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan oxirgi 24 soatda yana 200 nafar askar halok bolgan. Natijada rus armiyasidan bugungacha 23 ming askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 189 ta uchoq, 155 ta vertolyot, 986 ta tank, 2 ming 418 ta zirhli vosita, 435 ta og‘ir qurol, 151 ta raketa otish tizimi va 73 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 695 ta mashina, 8 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 229 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

 



Aloqador xabarlar