Suriyaning Tel Rifat tumanida terror hujumi sodir etildi

Hujum ortidan “Firat qalqoni” operatsiyasi hududida joylashgan Turk Qurolli Kuchlari  tashkilotning Tel Rifatdagi pozitsiyalarini gaubitsalar bilan nishonga oldi.

1819005
Suriyaning Tel Rifat tumanida terror hujumi sodir etildi

 

Suriyaning Tel Rifat tumanida terroristik faoliyatlarini davom ettirayotgan terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan muxolifat nazorati ostidagi Mare tumaniga raketa hujumi sodir etildi. Hujumda 5 nafar tinch aholi vakili jarohatlandi.

YPG/PKK terroristlari Turkiya va Rossiya oʻrtasida 2019-yil 22-oktyabr kuni erishilgan kelishuvga koʻra, Tel Rifat tumanini evakuatsiya qilishlari kerak boʻlsa-da, mintaqadagi harakatini davom ettirgan holda Tel Rifat atrofidagi aholi punktlariga hujumlarini davom ettirmoqda.

Terrorchilar mamlakat shimolidagi Mare tumaniga 6 marta raketa hujumi uyushtirdi.

Terror hujumida 5 nafar tinch aholi vakili tan jarohati oldi, tumanda moddiy zarar yuzaga keldi.

Hujum ortidan “Firat qalqoni” operatsiyasi hududida joylashgan Turk Qurolli Kuchlari  tashkilotning Tel Rifatdagi pozitsiyalarini gaubitsalar bilan nishonga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya

Aloqador xabarlar