Ukraina Bosh shtabi: Rus armiyasidan 22 mingdan ortiq askar halok bo‘ldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 26-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1818326
Ukraina Bosh shtabi: Rus armiyasidan 22 mingdan ortiq askar halok bo‘ldi

Ukrainaga urush e’lon qilgan rus armiyasi bugungacha 22 ming 100 askaridan ajrab, 184 ta uchoq, 154 ta vertolyot va 918 ta tankini qo‘ldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 26-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan 22 ming 100 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 184 ta uchoq, 154 ta vertolyot, 918 ta tank, 2 ming 308 ta zirhli vosita, 416 ta og‘ir qurol, 149 ta raketa otish tizimi va 69 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 643 ta mashina, 8 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 205 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

 

 



Aloqador xabarlar