Pokistonda sodir bo'lgan yong'inda 9 kishi hayotdan ko'z yumdi

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Pokistonning Sindh viloyati Dadu tumanidagi qishloqda joylashgan bir uyning oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

1815061
Pokistonda sodir bo'lgan yong'inda 9 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Pokistonning Sindh viloyatidagi bir qishloqda sodir bo'lgan yong'inda 9 kishi hayotdan ko'z yumdi, ulardan 8 nafari bolalar hisoblanadi.

Ma'lumotga ko'ra, yong'inda 50ta uy kulga aylandi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, viloyatning Dadu tumanidagi qishloqda joylashgan bir uyning oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tezda tarqalib ketgan yong‘inda 9 kishi, jumladan, 8 bola halok bo‘lgan, 50 ta uy yaroqsiz holga kelgan.

Qishloq aholisi yong‘inda 160 bosh qishloq xo‘jaligi hayvonlari nobud bo‘lganini va ekin yerlari ham zarar ko‘rganini ta’kidladi.

Qishloq aholisining ta'kidlashicha, ular hokimiyatga qo'ng'iroq qilgan, ammo o't o'chiruvchilar hududga etib bormagan.

Mamlakat Bosh vaziri Shahbaz Sharif mavzu bo'yicha keng qamrovli hisobot tayyorlanishini talab qildi va qishloq aholisiga yordam berilishini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar