Afg'oniston poytaxti Kobuldagi portlashlar oqibatida 6 kishi halok bo'ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning g‘arbiy qismida joylashgan Abdul Rahim nomidagi maktab yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan.

1814470
Afg'oniston poytaxti Kobuldagi portlashlar oqibatida 6 kishi halok bo'ldi

 

Afg'oniston poytaxti Kobul g'arbidagi Abdul Rahim shahid o'rta maktabi va Mumtoz kursida ketma-ket uyushtirilgan bombali hujumlarda 6 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning g‘arbiy qismida joylashgan Abdul Rahim nomidagi maktab yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan.

Kobul xavfsizlik boshqarmasi vakili Xolid Zadranning xabar berishicha, ayni vaqtda olti kishi halok bo‘lgani va 11 kishi jarohatlangani ma’lum.

Yana bir maktab yonida qo‘l granatasi portlatilishi oqibatida kamida besh kishi jarohatlangani aytilmoqda. 

Hujumlar sodir bo'lgan hududga olib boradigan barcha ko'chalar transport harakati uchun yopildi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar