Vereshchuk bugun insonparvarlik koridorlari ochilmasligini ma’lum qildi

Vereshchuk tinch aholini evakuatsiya qilish uchun bugun insonparvarlik koridorlari ochilmasligini ma’lum qildi.

1813857
Vereshchuk bugun insonparvarlik koridorlari ochilmasligini ma’lum qildi

Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk, tinch aholini evakuatsiya qilish uchun insonparvarlik koridorlari ustidan kelishib olinmagani va shu bois ularning bugun ochilmasligini ma’lum qildi.

Vereshchuk o‘zining Telegram hisobi orqali bergan bayonotida, “Afsuski, bugun insonparvarlik koridorlari bo‘lmaydi. Kecha Mariupol, Berdyansk, Tokmak, Energodar koridorlari uchun muzokara olib borildi va u uzoq davom etib, murakkab o‘tdi. Xerson va Lugansk viloyatlari uchun ham muzokaralar o‘tkazildi. Lekin ruslar bombalashni va insonparvarlik koridorlariga monelik qilishni davom etmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bugun insonparvarlik koridorlarini ochmaslik haqida qaror qabul qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina Rossiya bilan kecha ham insonparvarlik koridorlari masalasida kelishuvga erisholmagandi.



Aloqador xabarlar