Pokiston Bosh vaziridan Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Pokiston Bosh vaziri Shahbaz Sharif, Turkiyaga metrobus loyihasi uchun minnatdorchilik bildirib, Anqaraning yaxshi va yomon kunlarda Islomobodning yonida ekanini aytdi.

1813968

Turkiyaning Albayrak Group kompaniyasining poytaxtidagi metrobus terminalida "Islomobod-Aeroport Metrobus loyihasi" ochilishida so'zlagan nutqida, Bosh vazir Sharif, Xitoy va Turkiyaning jamoat transporti loyihasini yakunlashda yordam berganligini ta'kidladi.

Turkiya va Pokiston xalqlarining tarixiy qardoshlik aloqalari borligini eslatgan Sharif,

“Turkiya iqtisodiyotini mustahkamlagan va Turkiyani barpo etgan zamonaviy lider Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qiyinchilik va tinchlik davrida Pokistonga yordam berdi”. dedi.

Metrobus loyihasi uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirgan Sharif, Anqaraning yaxshi va yomon kunlarda Islomobodning yonida bo'lganini qayd etdi.

Ravalpindi-Islomobod metrobus loyihasi 2015 yilda, sobiq bosh vazir Navoz Sharif davrida amalga oshirilgan.

Keyinchalik, 2017-yilda boshlangan Islomobod-Aeroport metrobus loyihasining bir qismi yakunlandi, ammo tugallanmagan edi.

Aloqador xabarlar