Qayd etilishicha Rossiya bugungacha 20 mingdan oshiq askaridan ajragan

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 13-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1813176
Qayd etilishicha Rossiya bugungacha 20 mingdan oshiq askaridan ajragan

Ukrainaga urush e’lon qilgan rus armiyasi 20 ming 100 askaridan ajrab, 163 ta uchoq, 145 ta vertolyot va 762 ta tankini yo‘qotdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 16-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan 20 ming 100 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 163 ta uchoq, 145 ta vertolyot, 762 ta tank, 1 ming 982 ta zirhli vosita, 371 ta og‘ir qurol, 125 ta raketa otish tizimi va 66 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek, 1 ming 458 ta mashina, 8 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 138 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya kuchlari , #Rossiya

Aloqador xabarlar