Isroil politsiyasi bosqini oqibatida falastinlik 90 kishi tan jarohati oldi

Isroil politsiyasining bugungi bosqini oqibatida falastinlik 90 kishi tan jarohati oldi

1812868
Isroil politsiyasi bosqini oqibatida falastinlik 90 kishi tan jarohati oldi

Isroil politsiyasi ishgʻolidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan bosqinda, falastinlik 90 kishi tan jarohati oldi.

Bugun ertalab, “Al-Aqsa” jome’ masjidining hovlisiga bosqin uyushtirgan Isroil politsiyasi, kauchuk bilan qoplangan oʻqlar va ovozli bombalardan foydalandi.

Guvohlardan olingan ma’lumotlarga koʻra, Isroil politsiyasi shuningdek, Aqsadagi falastinliklarni ham kaltaklagan.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil kuchlarining kauchuk bilan qoplangan oʻqlar, ovoz bombalari va kaltaklari yuzasidan falastinlik 90 kishi tan jarohati olgan.

Bayonotda, tan jarohati olganlarning mintaqadagi shifoxonalarga yotqizilganligi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #falastinlik , #Al-Aqsa , #Isroil politsiyasi

Aloqador xabarlar