Avstraliya Rossiyaning 14 ta kompaniyasiga moliyaviy sanksiyalar joriy etdi

Ma'lumotga ko'ra, sanksiya joriy etiladigan 14 ta muassasa orasida Kamaz, Sevmash, Rus temir yo'llari va Birlashgan kemasozlik kabi Rossiya uchun muhim muassasalar bor.

1812721
Avstraliya Rossiyaning 14 ta kompaniyasiga moliyaviy sanksiyalar joriy etdi

 

Avstraliya Ukrainaga qarshi urush boshlagan Rossiyaning strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan 14 ta davlat korxonasiga moliyaviy sanksiyalar joriy etishini ma’lum qildi.

Bu haqda mamlakat TIV rahbari Marise Payne Avstraliya Tashqi Ishlar Vazirligining rasmiy internet sahifasida ma'lum qilgan.

Ma'lumotga ko'ra, sanksiya joriy etiladigan 14 ta muassasa orasida Kamaz, Sevmash, Rus temir yo'llari va Birlashgan kemasozlik kabi Rossiya uchun muhim muassasalar bor.

Vazir Payne Avstraliya hukumati joriy etgan sanksiyalar bilan Ukrainaga qarshi kurashayotgan Rossiyaning iqtisodiyotini mustahkamlash salohiyatiga zarba berilganini bildirdi.

“Rossiya hukumati uchun bu muhim daromad manbalari bilan bitimlarni bloklash orqali biz Rossiyaga bosimni kuchaytiryabmiz va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oʻz urushini moliyalashtirish imkoniyatlarini kamaytirmoqdamiz”, -dedi u.

Peyn Avstraliya hukumati Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

“Biz Rossiyani Ukrainadan harbiy kuchlarini zudlik bilan olib chiqib ketishga chaqiramiz",-deydi u.

Rossiya va Ukraina oʻrtasida urush boshlanganidan beri Avstraliya 600 ga yaqin kishiga, birinchi navbatda Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning oila aʼzolariga, har ikki davlatning yuqori martabali rahbarlariga va rossiyalik oligarxlarga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

Avstraliya hukumati shu kungacha Rossiyaga qarshi kurashayotgan Ukrainaga umumiy qiymati 181 million AUD (137,6 million AQSh dollari) miqdorida harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatdi.


Tanlangan kalimalar: #Avstraliya , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar