Zelenskiy: “Polsha, Litva, Latviya va Estoniya hamisha davlatimiz yonida”.

Zelenskiy kecha Kiyevga kelgan Polsha, Litva, Latviya va Estoniya prezidentlari bilan uchrashdi.

1812300
Zelenskiy: “Polsha, Litva, Latviya va Estoniya hamisha davlatimiz yonida”.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha, Litva, Latviya va Estoniyaning har doim birinchilardan bo‘lib Ukrainani himoya qilishini qayd etdi.

Zelenskiy kecha poyezd orqali Ukraina poytaxti Kiyevga yetib kelgan Polsha Prezidenti Anjey Duda, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda, Latviya Prezidenti Egils Levits va Estoniya Prezidenti Alar Karis bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng Ukraina Prezidenti, Duda, Nauseda, Levits va Karis bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

Unda so‘zga chiqqan Zelenskiy, Polsha, Litva, Latviya va Estoniyaning har doim bo‘lganidek 24-fevralda Rossiya-Ukraina urushi boshlanishi bilan ham Ukrainani birinchilardan bo‘lib himoya qilganiga e’tibor qaratdi.

Qurol yordami masalasida ham nomi tilga olingan davlatlar va liderlarning Ukrainani ilk qo‘llab-quvvatlaganlardan ekanini ta’kidlagan Zelenskiy:

“Polsha, Litva, Latviya va Estoniya hamisha davlatimiz yonida”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Zelenskiy, shuningdek, barcha qo‘shni davlatlar bilan ham mana shu davlatlardek do‘stona, halol va strategik munosabatlar o‘rnatish istagida ekanliklarini ta’kidlagan holda:

“Bu to‘rtta davlatning Ukraina kelajagining har bir sahifasida birinchi bo‘lishiga ishonchim komil va bizning buyuk kelajagimiz bor. Chunki bunday sheriklar va do‘stlar bilan albatta yutuqqa erishamiz. Ukraina uchun bu murakkab kunlarda uyushtirilgan bu muhim tashrif uchun har biringizga minnatdorchilik bildiraman”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar