Janubiy Afrikada suv toshqinlari oqibatida 306 kishi halok bo'ldi

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Cyril Ramaphosa bugun mintaqaga qilgan safari chog'ida hukumat sel falokatidan jabr ko'rgan oilalarga har tomonlama yordam berishini ma'lum qildi.

1812289
Janubiy Afrikada suv toshqinlari oqibatida 306 kishi halok bo'ldi

 

Janubiy Afrika Respublikasining Kvazulu-Natal provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 306 kishi halok bo'ldi.

Hafta boshidan buyon mamlakatning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Durban va uning atrofidagi hududlarda kuchli jala yog‘moqda. 

Yog‘in miqdori bir kvadrat metrga 300 millimetrni tashkil etdi. Tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo‘ldi.  

Tabiiy ofat yuzlab binolarni vayron qildi, Durban porti faoliyati to‘xtatildi.

Qurbonlar tufayli shtat boʻylab favqulodda holat eʼlon qilindi.

Yo'l transporti uyushmasi tomonidan qilingan bayonotda, toshqin tufayli yo'lda qolgan yuk mashinalarini talon-taroj qilish holatlariga qarshi chora ko'rilayotgani qayd etildi.

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Cyril Ramaphosa bugun mintaqaga qilgan safari chog'ida hukumat sel falokatidan jabr ko'rgan oilalarga har tomonlama yordam berishini ma'lum qildi.

Suv toshqinidan zarar ko'rgan ayrim hududlarda elektr, suv va axlat yig'ish kabi kommunal xizmatlar qayta tiklandi.

Janubiy Afrika ob-havo xizmati (SAWS) hafta davomida shtatning ba'zi qismlarida vaqti-vaqti bilan kuchli yomg'ir yog'ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Afrika

Aloqador xabarlar