Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma'lumot berdi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 13-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1811758
Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma'lumot berdi

Ukrainaga urush e’lon qilgan rus armiyasi 19 ming 800 askaridan ajrab, 158 ta uchoq, 143 ta vertolyot va 739 ta tankini yo‘qotdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 13-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan 19 ming 800 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 158 ta uchoq, 143 ta vertolyot, 739 ta tank, 1 ming 964 ta zirhli vosita, 358 ta og‘ir qurol, 115 ta raketa otish tizimi va 64 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek, 1 ming 429 ta mashina, 7 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 132 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar