Rossiya hujumlari yuzasidan Kiyevda halok bo‘lganlar soni 720 nafardan oshdi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari, ko‘plab tinch-aholi umriga zomin bo‘ldi.

1811499
Rossiya hujumlari yuzasidan Kiyevda halok bo‘lganlar soni 720 nafardan oshdi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida Kiyevda halok bo‘lgan tinch aholi soni 720 dan oshdi, 200 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Kiyev viloyati politsiyasi rahbari Andrey Nebitov Ukraina Ichki ishlar vazirligining Telegram sahifasi orqali bergan bayonotida, Rossiya hujumlari boshlagan 24-fevraldan beri mintaqada, rus askarlari qoʻl urgan jinoyatlar yuzasidan 3 mingdan ortiq tergov ochilganini qayd etdi.

Kiyev viloyatida Rossiya hujumlari oqibatida halok boʻlgan tinch aholidan kim ekani aniqlanganlar sonining 720 dan oshganini ifoda etgan Nebitov, 200 dan ortiq kishining esa bedarak yoʻqolganini oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Kiyev , #Andrey Nebitov , #Rossiya

Aloqador xabarlar