Ukraina qurbonlari orasida yuzlab bolaning ham borligi aytilmoqda

Rossiya armiyasi 24-fevraldan beri Ukrainaga qarshi hujum uyushtirmoqda.

1810468
Ukraina qurbonlari orasida yuzlab bolaning ham borligi aytilmoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarida 183 bola hayotdan ko‘z yumdi, 342 bola esa tan jarohati oldi.

Oliy Radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Lyudmila Denisovaning qayd etishicha, hujumlarda halok bo‘lganlar orasida yuzlab bola ham bor.

Denisova bu haqida:

“2022-yil 11-aprel mahalliy vaqt bilan soat 08:00 holatiga ko‘ra, Rossiya hujumlari boshlanganidan beri jami 183 nafar bola halok bo‘ldi, 342 bola esa tan jarohati oldi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Denisova shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirayotgani bois, hozircha qurbon bo‘lgan bolalar sonini aniqlashning imkoni yo‘qligini o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #bolalar , #Ukraina , #Rossiya , #Denisova

Aloqador xabarlar