Yaponiya 8 nafar rossiyalik amaldorni chiqarib yuborishga qaror qildi

Yaponiya hukumati 24-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan so‘ng 8 nafar rossiyalik amaldorni, jumladan diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi.

1809472

Yaponiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mori Ono Hikariko hukumatning Rossiya fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, Rossiya diplomatlari bo‘lgan 8 kishi Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi va savdo vakolatxonasida deportatsiya qilinadi.

Morining xabar berishicha, vazir o'rinbosari Mori Takeo ushbu qarorni Rossiyaning Tokiodagi elchisi Mixail Galuzinga vazirlikka chaqirilib e'lon qilgan.

Tanlangan kalimalar: #deportatsiya , #Diplumat , #Rossiya , #Yaponiya

Aloqador xabarlar