Zelenskiy Bucha shahridagi vaziyat haqida yangi videomurojaat yo'lladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalar Bucha shahridagi harbiy jinoyatlarga mutanosib bo‘lishi kerakligini aytdi.

1807915
Zelenskiy Bucha shahridagi vaziyat haqida yangi videomurojaat yo'lladi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalar Bucha shahridagi harbiy jinoyatlarga mutanosib bo‘lishi kerakligini aytdi.

Zelenskiy o‘zining Telegram’dagi sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida 24-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi haqida bayonot berdi.

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi tayyorlanayotganiga e'tibor qaratgan Zelenskiy, rus armiyasi Buchada ukrainaliklarni qiynoqqa solganini aytdi. Zelenskiy,

"Buchada sodir bo'lgan voqealarni dunyo ko'rgandan keyin, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosqinchilar tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarning og'irligiga mutanosib bo'lishi kerak. Agar bundan keyin Rossiya banklari odatdagidek ishlay olsa, Rossiyaga, Yevropaga tovarlar jo'natilishi davom etmoqda.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiyaga energiya resurslari uchun pul to'lashda davom etsa, ba'zi rahbarlarning siyosiy  kelajagi  avvalgidek rivojlanmaydi". dedi.

Rossiya harbiy bo’linmalari kirishga harakat qilayotgan ko’plab hududlarni Ukraina armiyasi o’z qo’liga olganini ta’kidlagan Ukraina Prezidenti, o’z mamlakatining Donbas va Xarkov viloyatlarida vaziyatning og’ir ekanini ta’kidladi.

Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlaridan ko‘ra ko‘proq askar va texnikaga ega ekanligini ta’kidlagan Ukraina yetakchisi, Rossiya rasmiylari harbiy bilim yurtlari talabalarini armiyaga jalb qilishga urinayotganini aytdi.

Ukraina askarlari kurashni davom ettirishini ta'kidlagan Zelenskiy:

"Boshqa ilojimiz yo‘q. Yurtimiz, xalqimiz taqdiri hal qilinmoqda. Biz nima uchun kurashayotganimizni bilamiz va g‘alaba uchun hamma narsani qilyapmiz".  Deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar