Yevropa Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining videomurojaatida ma'lum qilgan.

1807768
Yevropa Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi

 

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi olti elementdan iborat beshinchi sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining videomurojaatida ma'lum qilgan.

"Birinchidan, biz Rossiyadan yiliga 4 milliard yevro miqdorida ko‘mir importini taqiqlaymiz. Ikkinchidan, Rossiyaning to‘rtta asosiy banki, jumladan VTB bilan operatsiyalarni to‘liq to‘xtatamiz", -deydi Yevrokomissiya rahbari.

Yevrokomissiya rahbariga ko‘ra, uchinchi band Rossiya kemalarining Yevropa portlariga kirishini taqiqlashdan iborat. 

“Ba’zi-bir istisno holatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, insonparvarlik yordami, shuningdek energiya kabi asosiy ehtiyojlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, biz Rossiya va Belarus transport operatorlarini taqiqlashni taklif qilamiz ", deya ilova qilgan Yevrokomissiya rahbari. 

To‘rtinchisi, Rossiya zaif bo‘lgan sohalarda 10 mlrd yevrolik manzilli eksport cheklovini joriy etish.

Beshinchisi, yog‘ochdan sementgacha, dengiz mahsulotlaridan spirtli ichimliklargacha bo‘lgan mahsulotlarga 5,5 milliard yevro qiymatidagi yangi import cheklovlari joriy etiladi.

"Oltinchidan, biz bir qator maqsadli choralarni ko‘rmoqdamiz, masalan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya kompaniyalarining ittifoqqa a’zo mamlakatlardagi davlat xaridlarida ishtirok etishini umumiy taqiqlash", deydi Ursula fon der Lyayen. 

Shuningdek, Rossiya davlat organlariga har qanday Yevropa va milliy moliyaviy yordamni istisno qilish taklifi kiritilgan. Bundan tashqari, Yevrokomissiya YeIning individual sanksiyalari ro‘yxatini kengaytirishni so‘ragan.

Yevropa Komissiyasi tomonidan taklif qilingan cheklov choralari Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ma’qullanishi kerak.



Aloqador xabarlar