Rossiya 52 davlat bilan havo qatnovini tiklamoqda

Rossiya, Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida havo qatnovlari tarmog‘iga kiritgan cheklovlarni 9-aprel kuni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

1807051
Rossiya 52 davlat bilan havo qatnovini tiklamoqda

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, 9-apreldan boshlab 52 “doʻst” davlat bilan havo qatnovlarini takror boshlatilishini ma’lum qildi.

Mishustin poytaxt Moskvada hukumat a’zolari bilan uyushtirgan uchrashuvda, Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida havo qatnovlari tarmog‘iga kiritilgan cheklovlarning 9-aprel kuni bekor qilinishini qayd etdi.

Shu doirada Rossiya fuqarolarining dunyoning ko‘plab davlatiga cheklovsiz ucha olishlarini yodga solgan Mishustin:

“9-apreldan boshlab Argentina, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kabi dunyoning 52 doʻst davlatiga bo‘lgan havo qatnovlari qayta tiklanadi”.-dedi.

Eslatib o‘tamiz, sanktsiyalar tufayli Yevropa ittifoqi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya uchoqlariga havo sohasini bekitish haqida qaror qabul qilar ekan Rossiya ham shunga o‘xshash qarorni yo‘lga qo‘ygandi.



Aloqador xabarlar