Rossiyadan Buchada tinch aholini qatliom qilgani haqidagi iddaolarga javobi

Rossiya Mudofaa vazirligi, Rossiya armiyasining Ukraina poytaxti Kiyevda joylashgan Buchada tinch aholini qatliom qilgani haqidagi iddaolarning haqiqat emasligini ilgari surdi.

1806530
Rossiyadan Buchada tinch aholini qatliom qilgani haqidagi iddaolarga javobi

Rossiya Mudofaa vazirligi, Rossiya armiyasining Ukraina poytaxti Kiyevda joylashgan Buchada tinch aholini qatliom qilgani haqidagi iddaolarning haqiqat emasligini ilgari surdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Kiev boshqaruvi tomonidan Buchadan chop etilgan fotosurat va videolarning provokatsiya ekanligi iddao qilindi.

Bayonotda, shuningdek, ushbu aholi punkti rus askarlari nazorati ostida boʻlgan davrda viloyatning birorta aholisi ham zoʻravonliklardan zarar koʻrmagani va bu hududga insonparvarlik yordamlari  ham tarqatilgani taʼkidlandi.

Bu davrda tinch aholining shaharda erkin harakatlana olishi va evakuatsiya qilingani bildirilgan bayonotda, Ukraina qurolli kuchlarining, turar-joy mahallalari bilan birga shahar janubidagi hududlarni bombalagani iddao qilindi.

Bayonotda, Rossiya va Ukraina o'rtasida Turkiyada yuzma-yuz bo'lib o'tgan muzokaralardan bir kun o'tib, 30 mart kuni barcha rus qo'shinlari Buchadan butunlay chiqib ketganligi ta'kidlab, quyidagilar qayd etilgan:

“Shuningdek, 31-mart kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk o‘z videomurojaatida shaharda Rossiya armiyasi yo‘qligini tasdiqladi, biroq u ko‘chalarda qo‘llari bog‘langan holda otib o‘ldirilgan mahalliy aholini tilga ham olmagan.

Shu sababli, Buchadagi barcha "jinoyat dalillari" Ukraina razvedkasi SBU rasmiylari va Ukraina televideniyesi vakillari shaharga kirganining 4-kunida aniqlangan bo'lsa, ajablanarli emas.

Rasmlari Kiev rejimi tomonidan kamida to'rt kundan keyin e'lon qilingan barcha odamlarning jasadlari qotib qolmagani, o'ziga xos jasad dog'lari yo'qligi va yaralarida qon ivishi yo'qligi alohida tashvish uyg'otadi.

Bularning barchasi Mariupoldagi tug'ruqxonadagi va boshqa shaharlardagi kabi Buchadagi fotosuratlar va videolavhalar G'arb ommaviy axborot vositalari uchun Kiev rejimining yana bir uydirma ekanligini tasdiqlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Javob , #Bucha , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar