Kiyevda 410 nafar tinch aholi vakilining jasadi topildi

Ukraina Bosh prokurori Irina Venediktova Rossiya armiyasidan ozod qilingan Kiyev shahrida 410 nafar tinch aholining jasadi topilganini ma’lum qildi.

1806663
Kiyevda 410 nafar tinch aholi vakilining jasadi topildi

 

Ukraina Bosh prokurori Irina Venediktova Rossiya armiyasidan ozod qilingan Kiyev shahrida 410 nafar tinch aholining jasadi topilganini ma’lum qildi.

U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya armiyasidan ozod qilingan Kiyev shahrining har bir qarichida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Sud medekspertiza xodimlari, portlovchi moddalar bo’yicha mutaxassislar, shifokorlar va qutqaruv guruhlari qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida ishtirok etmoqda.

Irina Venediktovaning so’zlariga ko’ra, Kiyev yaqinidagi ozod qilingan aholi punktlarida 410 nafar tinch aholining jasadi topilgan.

"Kiyev shahrining ozod qilingan hududida Rossiyaning shafqatsiz harbiy jinoyatlari haqida juda muhim dalillar mavjud. Bu bizning zaminimizda uni uyushtirganlarni jazolash uchun hujjatlashtirilishi kerak bo'lgan do’zaxdir”,- dedi u.

Venediktovaning taʼkidlashicha, hodisa guvohlari va jabrlanuvchilarini aniqlash boʻyicha saʼy-harakatlar davom etar ekan, tergovchilar ushbu voqealarga doir dalillarni yigʻishda davom etmoqda.

Ukrainaning Xarkov harbiy ma'muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma'lum qilishicha, Rossiya armiyasi Xarkov yaqinidagi Balakliya kasalxonasidan bemorlar va shifokorlarni evakuatsiya qilayotgan konvoyga qarata o't ochgan va avtobus haydovchisi halok bo'lgan.

Kecha Rossiya armiyasi bemorlar va xodimlar joylashgan Balakliya markaziy tuman kasalxonasiga qarata o‘t ochishi oqibatida shifoxona binosi zarar ko’rgandi.

Shundan so'ng, mahalliy hukumat 70 ga yaqin odam, jumladan bemorlar va shifoxona xodimlarini zudlik bilan evakuatsiya qilish kerakligini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar