Vladimir Zelenskiy Türkiyega minnatdorlik bildirdi

Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida tarqatgan videoda "Ukraina xavfsizligining kafolati bo'lishga tayyor bo'lgani uchun Türkiyedan minnatdormiz”,- dedi.

1805456
Vladimir Zelenskiy Türkiyega minnatdorlik bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Türkiyega Ukraina xavfsizligining kafolati bo‘lishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida tarqatgan videoda Rossiyaning 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi boshlagan urushi haqida bayonot berdi.

Zelenskiy urush hamon davom etayotganini ma'lum qilar ekan, "Biz dushman o'ylagandan ham ko'proq chidadik. Ular urush atigi 3-5 kun davom etadi va bu bizning mamlakatimizni olish uchun etarli, deb o'ylashdi. Lekin biz chidadik va kurashda davom etamiz",-dedi.

Zelenskiy Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefonda muloqot qilganligini va seshanba kuni Istanbulda bo'lib o'tgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari tafsilotini muhokama qilganligini bildirdi.

"Ukraina xavfsizligining kafolati bo'lishga tayyor bo'lgani uchun Türkiyedan minnatdormiz”,- dedi Vladimir Zelenskiy.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Türkiye

Aloqador xabarlar