Ukraina Rossiyaning qanday yoʻqotishlarga duchor boʻlgani haqida maʼlumot berdi

Ukraina Rossiya urush e'lon qilganidan beri qanday yoʻqotishlarga duchor boʻlgani haqida maʼlumot berdi.

1804212
Ukraina Rossiyaning qanday yoʻqotishlarga duchor boʻlgani haqida maʼlumot berdi

Ukrainaga qarshi 24-fevral kuni urush e’lon qilgan Rossiya armiyasi 17 ming 300 askaridan ajrab roppa-rosa 131 ta uchoq, 131 ta vertolyot va 605 tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 30-martgacha Rossiya armiyasining qanday yoʻqotishlarga duchor boʻlgani haqida maʼlumot berdi.

Shunga ko‘ra Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasining 17 ming 300 nafar askari halok bo‘lar ekan 131 ta uchoq, 131 ta vertolyot, 605 ta tank, 1723 ta zirhli vosita, 305 ta zambarak o‘qi, 96 ta raketa otuvchi moslama va 54 ta havo mudofaa tizimi yoʻq qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1184 ta transport, 7 ta kema va yengil tezyurar qayiq, 75 ta yoqilgʻi tashish mashinasi va 81 ta insonsiz havo transportini qo‘ldan boy bergan.



Aloqador xabarlar