NATO so'nggi 30 yil ichida eng kattasi bo'lgan harbiy mashg’ulotini davom ettirmoqda

NATO Rossiyaning qo'shnisi Norvegiyada sovuq havo sharoitida quruqlik, havo va dengiz mashqlaridan iborat so'nggi 30 yil ichida eng kattasi bo'lgan operatsiyasini davom ettirmoqda.

1803106

NATO a'zolaridan biri bo'lgan Norvegiyada 14 mart kuni boshlangan keng ko'lamli mashg'ulotlarni o'tkazmoqda.

NATOning mashg'ulotni e'lon qilgan yozma bayonotida, "Sovuq javob" deb nomlangan operatsiyaning 8 oy oldin rejalanganini  va muntazam mashg'ulot ekanligi, Rossiyaning Ukraina hujumlariga aloqasi yo'qligi ta'kidlandi.

Biroq bu amaliyot Rossiya bilan chegaradosh Norvegiyada o‘tkazilgani, NATOga a’zo bo‘lmagan Finlyandiyada ham ishtirokchilar orasida bo‘lgani va bu Arktikadagi so‘nggi 30 yildagi eng yirik mashg‘ulot bo‘lgani uchun diqqatni tortadi.

Iyun oyida Ispaniyaning poytaxti Madridda bo'lib o'tadigan NATO sammitida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zoligi baholanishi bildirildi. Bunday holda, Rossiyaning shimoliy qanotida, 1300 kilometrlik chegarada yangi  bir NATO a'zosi  bo'ladi.

27 davlatdan 30 ming askar, 220 ta jangovar samolyot va 2 tasi samolyot tashuvchi 50 ta kema ishtirok etgan “Sovuq javob” mashqlarining 1 aprel kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

Tanlangan kalimalar: #Narvegiya , #Mashg'ulot , #NATO

Aloqador xabarlar