Rossiya Baydenning o'g'lini Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirganlikda aybladi

Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden tomonidan moliyalashtirilganini daʼvo qilgan ushbu laboratoriyalarga 32 million dollar sarmoya kiritilganini aytdi.

1801570
Rossiya Baydenning o'g'lini Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirganlikda aybladi

 

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenning Rosemont Seneca Thornton investitsiya fondi va Soros jamg‘armasi Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov ma’lum qildi. 

“Kirib kelayotgan materiallar AQSH davlat idoralari va Ukraina biologik ob’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sxemasini kuzatish imkonini beradi. Ushbu faoliyatni moliyalashtirishda AQSHning amaldagi rahbariyatiga yaqin tuzilmalar, xususan, Xanter Bayden boshchiligidagi Rosemont Seneca Thornton investitsiya fondi ishtirok etishiga e’tibor qaratilmoqda”,- dedi Igor Kirillov.

Ukrainaning 14 aholi punktidagi 30 ta AQSh biologik laboratoriyasi Pentagon nazorati ostida ekanini iddao qilgan Kirillov, bu laboratoriyalarda biologik qurollar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan patogenlar ishlab chiqarilib, Gruziya, Angliya va Germaniyaga yuborilganini ilgari surdi.

Muhokama qilingan loyihalarda Ukraina askarlaridan foydalanilganini ifoda etgan Igor Kirillov, "Bu nafaqat Ukraina, balki patogen namunalari yuborilgan hududlarning ham biologik xavfsizligini tahdid qilmoqda. Ukrainadan Yevropa davlatlariga patogenlarning yuborilishi, odamlarni o'limga olib kelishi mumkin va epidemiologik vaziyatni beqarorlashtiradi",- dedi. 

AQShda bunday tadqiqotlar taqiqlanganiga e'tibor qaratgan Kirillov, AQSh rasmiylarining bu borada bayonot berishi kerakligini ta'kidladi.

Rossiya rasmiysi, 2018-2020-yillarda Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden tomonidan moliyalashtirilganini daʼvo qilgan ushbu laboratoriyalarga 32 million dollar sarmoya kiritilganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Xanter Bayden , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar