Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba zararsizlantirildi

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid va portlamay qolgan bomba zararsizlantirildi.

1800597
Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba zararsizlantirildi

Germaniyaning Kyoln shahrida Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) davriga oid va portlamay qolgan bomba zararsizlantirildi.

Kyoln shahar hokimiyati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Klettenberg tumanidagi qurilish ishlari davomida topilgan yarim tonnalik bombaning zarrasizlashtirilishi chog‘ida, mintaqadagi taxminan 2 ming 460 kishi evakuatsiya qilingan. Shuningdek, ayrim yo‘llar transportlar va piyodalar uchun bekitilib, temir yo‘l xizmati bir muddat to‘xtatilgan.

Bombaning tunov kuni kechqurun mutaxassis guruhlar tomonidan zararsizlantirilgani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar