Chexiya ukrainalik qochqinlarga Yevropa vizasi berishni boshladi

Ushbu yangi viza urushdan qochgan insonlar uchun Yevropa Ittifoqi hududida erkin sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi.

1800531
Chexiya ukrainalik qochqinlarga Yevropa vizasi berishni boshladi

 

Chexiya Respublikasi Rossiyaning Ukrainaga urush ochgani sababli, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganlarga berilayotgan “maxsus viza” o‘rniga, Yevropa Ittifoqi hududida erkin sayohat qilish imkoniyatini taqdim etuvchi vizalar berishni boshladi.

Bu haqda Chexiya Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, Chexiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan yangi tartibot doirasida Ukrainadan kelganlarga ilgari berilgan maxsus vizalar o'rniga, yangi viza turining kuchga kirganligi qayd etildi.

Ushbu yangi viza urushdan qochgan insonlar uchun Yevropa Ittifoqi hududida erkin sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi. 

Hozirda taxminan 212 ming kishi ushbu yangi vizadan foydalanmoqda.

Ayni paytda, Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala Ukrainadan kirib kelayotganlar soni 300 mingga yetganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #viza , #Chexiya

Aloqador xabarlar