Rossiya Ukraina urushida yadro qurolidan foydalanish sababini ma'lum qildi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar, prezident Vladimir Putin o‘z mamlakatiga “ekzistensial tahdid” borligini ko‘rsa, yadroviy qurolga murojaat qilishi mumkinligini aytdi.

1800285
Rossiya Ukraina urushida yadro qurolidan foydalanish sababini ma'lum qildi

 

Rossiya yadro qurolidan faqat mamlakat mavjudligiga real tahdid yuzaga kelgan taqdirdagina foydalanishi mumkin.

Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bizda milliy xavfsizlik konsepsiyasi bor, uni ochiq ma’lumotlardan topish mumkin, yadro qurolidan foydalanish mumkin bo‘lgan barcha sabablarni undan o‘qishingiz mumkin. Ya’ni, agar mamlakat mavjudligiga tahdid paydo bo‘lsa, u holda yadro quroli bizning konsepsiyamizga muvofiq ishlatilishi mumkin”, degan u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Vladimir Putin Rossiyaning yadroviy imkoniyatlaridan qanday sharoitlarda foydalanishi mumkinligi haqidagi savolga Peskov, "Mamlakatimizga ekzistensial tahdid mavjud bo'lsa, bu sodir bo'lishi mumkin",-deb javob berdi.

"Putin hozirgacha Ukrainada o'z maqsadlariga erishdimi yoki yo'qmi?" degan savolga Peskov, "Hali emas. Hali o'z maqsadlariga erishganicha yo'q",-deb javob berdi.

Eslatish joizki, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin strategik kuchlarni, jumladan yadroviy qurollarni shay holga keltirishni buyurgandi.

Yanvar oyi boshida Rossiya, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya yadro urushining oldini olish va qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bayonot bergandi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova hujjat Rossiya tashabbusi bilan tayyorlanganini ta’kidlagan.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar