Lavrov Bayramov va Mirzoyan bilan telefon orqali muloqat qildi

Rossiya Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilindi.

1799230
Lavrov Bayramov va Mirzoyan bilan telefon orqali muloqat qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan alohida-alohida telefon orqali muloqat qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Lavrov Bayramov va Mirzoyan bilan bo‘lgan ushbu muloqati chog‘ida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida 2020-yil 9-noyabr, 2021-yil 11-yanvar va 2021-yil 26-noyabrda imzolangan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qilgan.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolash masalasi ham qo‘lga olingan muloqatda, Rossiyaning bu mavzuni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ta’kidlangan.

Unda shuningdek, 3+3 (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya bilan Rossiya, Turkiya, Eron) formatidagi mintaqaviy hamkorlik platformasining kelgusi faoliyati yuzasidan ham fikr almashilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Rossiya , #Armaniston

Aloqador xabarlar