Rus askarlari bugun ham Kiyevdagi turar-joy binolarini nishonga oldi

Rus askarlarining Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda.

1795597
Rus askarlari bugun ham Kiyevdagi turar-joy binolarini nishonga oldi
kiev rus saldirilar.jpg
kiev saldırı

Ukraina poytaxti Kiyevda rus askarlari tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida turar-joy binolaridan yana biri jiddiy ziyon ko‘rdi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, bugun ruslar tomonidan uyushtirilgan hujumlar chog‘ida, Kiyevning Podolskiy tumanidagi 10 qavatli turar-joy binosiga zambarak o‘qi borib tushgan.

Natijada nomi tilga olingan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Katta ziyon yetkazilgan ushbu binodan o‘t o‘chiruvchilar bir kishini qutqargan.

Ayni paytda, Kiyev davlat ma’muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan e’londa, “Poytaxtda sirenalar chalindi. Hammaning zudlik bilan boshpanalarga borishini xohlaymiz”.-deyildi.

Qayd etilishicha bugun ertalab poytaxt Kiyevning turli nuqtalarida 3 marotaba portlash ovozi eshitilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar