Isroil davlat muassasalariga kiberhujum uyushtirildi

Isroil hukumatining ba’zi rasmiy veb-saytlari kiber hujumlar natijasida ishdan chiqqani bildirildi.

1795446
Isroil davlat muassasalariga kiberhujum uyushtirildi

Isroil davlat muassasalariga kiberhujum

Isroil hukumatining ba’zi rasmiy veb-saytlari kiber hujumlar natijasida ishdan chiqqani bildirildi.

Haaretz gazetasining xavfsizlik manbalariga tayangan xabariga ko'ra, kelib chiqishi noma'lum bo'lgan kiber hujumlar natijasida Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash, Adliya va Ijtimoiy ishlar vazirligi veb-saytlari hamda Bosh vazirlikning rasmiy veb-sayti, kirish mumkin bo’lmagan.

Xabar qilinishicha, bu hujum Isroilga qarshi amalga oshirilgan eng yirik kiberhujumdir.

Hisobotda, shuningdek, kiberhujum davlat yoki tashkilot tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinayotgani, ammo uning ortida kim turgani hali aniqlanmagani qayd etilgan.

Milliy kiberxavfsizlik direksiyasi hujum oqibatida yetkazilgan zararni o‘rganish uchun favqulodda holat e’lon qilgani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Kiberhujum , #Isroil

Aloqador xabarlar