Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda

Rossiya tomonidan 24-fevral kuni boshlatilgan harbiy hujumlar haligacha davom etmoqda.

1795051
Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda
Ukrayna
ukrayna.jpg

Rossiya armiyasining Mariupol shahriga qarshi uyushtirgan hujumlarida tinch aholidan 2 ming 500 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Ukraina prezidenti idorasi rahbari maslahatchisi Oleksey Arestovich, telekanallardan biriga bergan intervyusida Mariupolda keskinlik davom etayotgani va Ukraina armiyasining rus hujumlariga monelik qilgani qayd etildi.

Shaharni bosib ololmagan rus kuchlarining harbiy bo‘lmagan tuzilmalarni nishonga olganiga e’tibor qaratgan Arestovich,

“Ruslar shaharni yer yuzidan yo‘q qilmoqchi. Mahalliy yetakchilikning rasmiy raqamlariga ko‘ra tinch aholidan 2 ming 500 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi”.-dedi.

Ukraina poytaxti Kiyevdagi 9 qavatli binolardan biriga, rus askarlari tomonidan otilgan zambarak o‘qining kelib tegishi oqibatida tinch aholidan 2 kishi jon berdi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan Telegram orqali berilgan bayonotga ko‘ra bugun ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 05:09 da ruslar tomonidan otilgan zambarak o‘qi, poytaxt Kiyevning Obolonskiy tumanidagi ko‘p qavatli binoga kelib tushgan.

Hujum natijasida 9 qavatli turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘lgan.

Qutqaruvchilar binodagi 63 kishini evakuatsiya qilar ekan, 2 kishining jasadini topishgan.

Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi Antonov zavodiga qarshi ham hujum uyushtirdi.

Boshqa tomondan, Sumi viloyatidagi Ahtirka shahrining ham kechasi kuchli havo hujumlariga uchragani bildirildi.

Ahtirka gubernatori Pavel Kuzmenko, Facebook sahifasi orqali bo‘lishgan tasvirda:

“Kechasi yakka tartibdagi uylar joylashgan hudud havodan bombalandi. Hozircha kamida 3 yurttoshimizning halok bo‘lgani haqida ma’lumot oldik. Uylar haligacha yonmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Boshqa tomondan 9-mart kuni Mariupolda rus armiyasi tomonidan bombalangan tug‘ruqxonadan og‘ir tan jarohati olgan homilador ayol bilan chaqalog‘i ham hayotdan ko‘z yumdi.

Shu bilan birga, Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasining 24-fevraldan 13-martgacha qanday yo‘qotishlarga duch bo‘lgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan qariyb 13 mingga yaqin askar halok bo‘lgan. Bundan tashqari ruslarga tegishli 77 ta uchoq, 90 ta vertolyot, 389 ta tank, 1 ming 249 ta zirhli vosita, 150 ta og‘ir qurol, 64 raketa otuvchi moslama va 34 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Shuningdek Rossiya kuchlari Ukrainada 617 ta transport, 3 ta yengil tezyurar qayiq, 60 ta yoqilg‘i tashish transporti va 8 ta insonsiz havo transportidan mahrum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Kiyev , #Rossiya askarlari , #Rossiya

Aloqador xabarlar