Konashenkov: Ukrainada qariyb 180 nafar chet ellik yollanma jangchini yo‘q qildik

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov, Ukrainada qariyb 180 nafar chet ellik yollanma jangchining yo‘q qilinganini bildirdi.

1795003
Konashenkov: Ukrainada qariyb 180 nafar chet ellik yollanma jangchini yo‘q qildik

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov Ukrainaning Lvov shahrida qariyb 180 nafar chet ellik yollanma jangchini, yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar orqali yo‘q qilganliklarini bildirdi.

Igor Konashenkov mavzu haqida matbuotga bergan bayonotida, Kiyev yetakchiligining Lvov mintaqasidagi poligon va aholi punktini rus askarlariga qarshi urush maydoniga yuborish maqsadida chet ellik yollanma jangchilarni tayyorlash va muvofiqlashtirish markaziga aylantirganini ma’lum qildi.

Nomi tilga olingan hududda chet eldan yetkazib berilgan qurol-yaroq va harbiy texnikalarni saqlash bazasi tashkil etilganini ifoda etgan Konashenkov:

“13-mart kuni ertalab yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar orqali Ukraina Qurolli kuchlarining Starichi qishlog‘idagi o‘quv-mashq markazlari va Yavorovskiy harbiy sohasiga zarba berdik. Natijada 180 ga yaqin chet ellik yollanma jangchi bilan ko‘plab chet el quroli yo‘q qilindi. Ukraina tuproqlariga kelgan chet ellik jangchilarni yo‘q qilish ishlari davom etadi”.-dedi.

Bugungacha Ukraina armiyasiga tegishli jami 3 ming 920 ta harbiy infratuzilma ob’yektiga zarba berilganiga e’tibor qaratgan Konashenkov:

“Ukrainada jami 3 ming 920 harbiy infratuzilma ob’yekti, 143 ta insonsiz havo transporti, 1 ming 267 ta tank va zirhli vosita, 124 ta koʻp stvolli raketa otuvchi moslama, 457 ta gaubitsa va minomyotlar, 1 ming 28 ta maxsus harbiy texnika yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Matbuot kotibi Konashenkov shuningdek, Mariupol shahridan 8 nafari yosh bola jami 44 kishining evakuatsiya qilinganini oʻz soʻziga ilova etdi.  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar