Rossiya Ukrainaning harbiy aeroportlariga zarba berdi

Rossiya tomonidan zarba berilgan Ukrainadagi harbiy aeroportlar foydalanishdan chiqdi.

1793804
Rossiya Ukrainaning harbiy aeroportlariga zarba berdi
ukrayna.jpg
Ukrayna Göçmenler çocuklar.jpg
Ukrayna Irpin ve Bucha Tahliye.jpg

Rossiya armiyasi Xarkovga qarashli Oskilsk mintaqasida psixonevrologik internat maktabiga zarba berdi.

Xarkov gubernatori Oleh Sinyehubov o‘zining Telegramdagi sahifasida bergan bayonotida, hujum vaqtida maktabda 330 kishining borligini ma’lum qildi.  

Sinyehubov ulardan 50 nafarining yurish qobiliyati cheklangan, 10 nafarining esa nogironlar aravachasida o‘tirgan o‘quvchilar ekanini qayd etdi.

Roppa-rosa 73 kishini qo‘shni maktab-internatga evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lganliklarini ifoda etgan gubernator Sinyehubov, halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar sonini aniqlashga harakat qilayotganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

Undan tashqari Rossiya Ukrainaning Lutsk va Ivano-Frankivsk shaharlaridagi harbiy aeroportlarga zarba berdi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov ma’lum qildi. 

Ushbu ma’lumotda qayd etilishicha, Ukrainaning Volnova shahri iddio etilgan Donetsk xalq respublikasi nazoratiga ham o‘tgan.

Lutsk va Ivano-Frankivsk shaharlaridagi harbiy aeroportlarga tong saharlab yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar orqali zarba berilgani va natijada ularning foydalanishdan chiqqanini ifoda etgan Konashenkov, Rossiya havo mudofaa raketa tizimlari bilan uchoqlarining bir kunda Ukraina armiyasiga oid nazorat markazi, o‘q-dori omborxonasi va jabhalardan iborat 107 nuqta, 3 ta Mi-24 rusumidagi vertolyot, 8 ta insonsiz havo transportini urib tushirganini bildirdi.  

Ukrainada 3 ming 213 ta harbiy infratuzilma ob’yektining vayron qilinganiga e’tibor qaratgan Konashenkov,

“Ular orasida Ukraina armiyasiga tegishli 98 ta uchoq, 118 ta insonsiz havo transporti, 1 ming 41 ta zirhli vosita, 113 ta ko‘p stvollii raketa otish moslamalari, 389 ta gaubitsa va minomyotlar, 843 ta maxsus harbiy texnika bor”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina Bosh shtabining maʼlum qilishicha, 24-fevraldan 11-martgacha Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan rus armiyasining 12 mingdan ortiq askari halok bo‘lgan. Undan tashqari ruslarga oid 57 ta uchoq, 83 ta vertolyot, 353 ta tank, 1 ming 165 ta zirhli vosita, 125 ta qurol-yaroq, 58 ta raketa otuvchi tizim bilan 31 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek, oxirgi 16 kunda Ukrainada 558 ta avtomobil, 3 ta yengil tezyurar qayiq va 7 ta insonsiz havo transportini qo‘ldan boy bergan.

Boshqa tomondan, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiylardan biri, Belarusdan Ukraina hududiga kirgan va poytaxt Kiyev shimolida turli sabablarga ko‘ra tezligini yo‘qotgan Rossiya kuchlarining kun davomida shaharga 15 kilometr masofagacha yaqinlashganini ma’lum qildi.

Bir guruh jurnalistga Pentagonning yuqori martabali rasmiylaridan biri, Ukraina-Rossiya urushini baholadi va bu haqida:

“Kiyevning shimoli-sharq tomonidan borayotgan rus kuchlari, yo‘l olish imkoniga ega degan fikrdamiz. Haligacha Gostomel yaqinida lekin shunga qaramay Kiyevga yana 5 kilometr yaqinlashdilar”.-dedi.

Rus armiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham Kiyev tomon ikkita paralel yo‘ldan ilgarilaganini va shaharning 40 kilometr sharqiga yetib borganini ifoda etgan rasmiy, rus kuchlarining Chernigovni butunlay qurshab olganini bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada tinch aholini Rossiyaga evakuatsiya qilish uchun bir tomonli har kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.00 dan boshlab gumanitar yordam yo‘laklarini ochishlarini maʼlum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Milliy nazorat markazi rahbari Mixail Mizintsev poytaxt Moskvada, Ukrainadagi tinch aholini evakuatsiya qilish jarayoni haqida bayonot berdi.

Ukrainada “gumanitar yordam holati yomonlashganini" ifoda etgan Mizintsev, Ukrainaga 1400 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berganliklarini bildirdi.

Mizintsev,

“Rossiyaga qarab bir tomonli olaroq har kuni soat 10:00 dan e’tiboran gumanitar yordam yo‘lagi ochiladi. Boshqa tomonlardagi yo‘laklar esa Ukraina bilan kelishib olinganida faollashadi”.-dedi.

Ochiladigan yo‘laklarning xavfsizligini ta’minlashlarini ifoda etgan Mizintsev, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotini, Ukraina tomoni bilan tinch aholini evakuatsiya qilish ustidan jadal ish olib borishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 



Aloqador xabarlar