Coca-Cola va "Makdonalds" kabi kompaniyalar Rossiyadagi biznesini to‘xtatmoqda

"Makdonalds" Rossiyadagi 850 ta restoranini yopadi. KFC brendining egasi Yum Brands kompaniyasi ham Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi.

1793397
Coca-Cola va "Makdonalds" kabi kompaniyalar Rossiyadagi biznesini to‘xtatmoqda

 

Coca-Cola kompaniyasi Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatayotganini e'lon qildi.

Coca-Cola kompaniyasiga tegishli zavodlar yopiladimi yoki kompaniya Rossiyada ichimliklar sotishni rasman to‘xtatadimi, hozircha aniq emas. 

Odatda Coca-Cola ichimliklari rasmiy ravishda Shimoliy Koreya va Kubadan tashqari dunyoning barcha mamlakatlarida sotiladi. 
PepsiCo ham Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Kompaniya o‘zining gazlangan ichimliklarini Rossiyada sotishni to‘xtatmoqda, ammo sut, chaqaloqlar va bolalar ovqatlari kabi zarur mahsulotlarni sotishda davom etadi. 

O‘z navbatida, "Makdonalds" Rossiyadagi 850 ta restoranini yopadi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda. 

Shu bilan birga, "Makdonalds" hozircha brend rivojlanishiga o‘z qalbi va yuragini baxshida qilgan 62 ming rossiyalik xodimga maosh to‘lashda davom etishini ta’kidladi. 

Avvalroq, 8 mart kuni KFC brendining egasi Yum Brands kompaniyasi Rossiyada rivojlanish dasturlarini to‘xtatayotganini e’lon qildi. Restoranlar yopilishi haqida hech qanday xabar yo‘q.

Burger King bundan oldin Rossiyada ishlashda davom etishini ma’lum qilgan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Makdonalds , #KFC , #Coca Cola

Aloqador xabarlar