Rossiya Ukrainada o‘q uzishni vaqtinhcalik to‘xtatdi

Mudofaani boshqarish milliy markazi tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina shaharlarida gumanitar vaziyat yomonlashgani qayd etildi

1792109
Rossiya Ukrainada o‘q uzishni vaqtinhcalik to‘xtatdi

Kecha Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning Sumi shahriga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida qurbonlar soni 22 nafarga yetdi.

Sumi mintaqasining Harbiy boshqarmasi raisi Dmitriy Jivitskiy ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida, Sumi viloyatining kecha 3 marta bombardimon qilingani va Rossiya tomonidan uyushtirilgan ushbu havo hujumlari oqibatida 22 kishining halok bo‘lgani, ulardan 3 nafarining yosh bola ekani ma’lum qilindi.

Hujumlarda halok bo‘lganlardan tashqari 8 kishining ham tan jarohati olganini bildirgan Jivitskiy, 20 dan ortiq bir qavatli uyning ham vayron bo‘lganini ifoda etdi.

Boshqa tomondan Rossiya Ukrainaning poytaxt Kiyev doxil 5 shahrida, tinch aholini evakuatsiya qilish uchun Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan e’tiboran o‘q uzishni vaqtinchalik to‘xtatganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Mudofaani boshqarish milliy markazi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukraina shaharlarida gumanitar vaziyat yomonlashgani qayd etildi.

Tinch aholi va chet el fuqarolari xavfsizligi ta’minlanishining muhimligiga e’tibor qaratilgan bayonotda,

“Rossiya 9-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan boshlab o‘q uzishni to‘xtatishni e’lon qilmoqda. Shuningdek gumanitar yo‘lak tashkil etishga tayyor”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukrainaning Kiyev, Chernigov, Sumi, Xarkov va Mariupol shaharlarida evakuatsiya qilish uchun gumanitar yordam yo‘laklari tashkil etilishi bildirilgan bayonotda, Ukraina tomoniga, nomi tilga olingan yo‘lakning faol ishlash soatini belgilab olish masalasida Moskva vaqti bilan kechasi 03:00 gacha kelishib olinishi taklif qilindi.

Bayonotda, evakuatsiyalar chog‘ida belgilangan manzilda xavfsizlikning Ukraina yetakchiligi tomonidan ta’minlanishi kerakligi ham ilova etildi.

Shu bilan birga Ukraina Bosh vazir o‘rinbosari Irina Vereshuk, Rossiya bilan bugun ko‘plab mintaqada gumanitar yo‘lak ochilishi uchun kelishuvga erishganliklarini ma’lum qildi.

Vereshuk uyushtirgan matbuot anjumanida, bugun Rossiyadan avvalroq Kiyev tomonidan taklif qilingan yo‘nalishlar ustidan kelishuvga erishilgani haqida ijobiy tusda javob olganliklarini bildirdi.

Shu tufayli mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan 21:00 gacha o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilinganini yetkazgan Vereshuk, insonlarni chiqarish uchun bir necha mintaqada “yashil yo‘lak” ochilishini qayd etdi.

Vereshuk, nomi tilga olingan insoniy yo‘lakning esa Energodar-Zaporojiye, Sumi-Poltova, Izyum-Lozovaya, Mariupol-Zaporojiye, Volnovaha-Pokrovsk, Vorzel, Borodyanka, Bucha, Irpin, Gastomel-Kiyev yo‘nalishlarida ochilishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rus askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum uyushtira boshlagandi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Ukraina shaharlari , #Rossiya

Aloqador xabarlar