Pokistondagi portlash 5 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyatida o‘tkazilayotgan bir festival maydonida bomba portladi.

1792058
Pokistondagi portlash 5 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyatida xavfsizlik kuchlari, uyushtirgan amaliyot orqali 7 nafar hujumchini yo‘q qildi.

Pokiston armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, Balujistonning Turbat mintaqasida yashirinib olgan hujumchilar borligi haqidagi ma’lumot ortidan amaliyot uyushtirilgani bildirildi.

Bayonotda, kelib chiqqan to‘qnashuv oqibatida 7 nafar hujumchining yo‘q qilingani va ko‘plab qurol-yaroq qo‘lga kiritilgani qayd etildi.

Hujumchilarning qaysi tashkilotga a’zo ekani haqida esa hech qanday ma’lumot berilmadi.

Bundan tashqari, Balujiston viloyatida o‘tkazilayotgan bir festival maydonida bomba portladi. Oqibati 5 nafar politsiya xodimining umriga, tinch aholidan 28 kishining tan jarohatiga zomin bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Sibi viloyatida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan festival uyushtirilgan maydonning yaqinida bomba portlagan.

Portlash ta’sirida ilk aniqlashlarga ko‘ra 5 nafar politsiya xodimi halok bo‘lar ekan, 28 kishi tan jarohati olgan.

Hujumni hozircha hech kim bo‘yniga olmagan.

Balujiston Bosh vaziri Abdul Quddus Bizenjo Twitter orqali bergan bayonotida, hujumni keskin qoralab buni festivalga monelik qilish va tinchlikni buzish maqsadida uyushtirilgan tashabbus ekanini ta’kidladi.

Portlash, Prezident Orif Alviyning festivalda ishtirok etishidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Balujiston , #hujumchilar

Aloqador xabarlar