AQSh Turkiyaning harbiy kemalar uchun bo'g'ozini yopganiga munosabat bildirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi maslahatchisi Viktoriya Nuland, Turkiyaning Rossiya-Ukraina urushida Montreux konventsiyasi doirasida harbiy kemalarning bo'g'ozlardan o'tishini oldini olish uchun "kuchli qadamlar"  tashlaganini  bildirdi.

1792244

Viktoriya Nuland Senatning Ukraina bo'yicha Tashqi aloqalar qo'mitasi yig'ilishida bayonot berdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Qrimda ko'proq qurol tizimi o'rnatishi katta tashvish uyg'otayotganini va buning Qora dengizning katta qismida kemalarning erkin harakatlanishiga tahdid solayotganini tilga olgan Nuland, mintaqada mavjudligi ko’rsatish uchun  AQSh va NATOning vaqti-vaqti bilan o'z kuchlarini namoyish qilish uchun mashqlar o'tkazganliklarini qayd etdi.

"Biz Qora dengizni ochiq saqlashga harakat qilmoqdamiz, bir tomondan Ruminiya, Bolgariya va Turkiya bilan ishlayapmiz. Turkiya (Ukrainada) urushi  boshlanganidan beri harbiy kemalarning oʻtishining oldini olish uchun Montreux konventsiyasi doirasida kuchli qadamlar qoʻydi". dedi.

Rossiyaning 24-fevral kuni Ukrainaga qilgan hujumidan keyin Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu

“Biz barcha qirg‘oqbo‘yi va qirg‘oqbo‘yi bo‘lmagan davlatlarni harbiy kemalarni bo‘g‘ozlardan o‘tkazmaslik haqida ogohlantirdik”, — dedi u.

Tanlangan kalimalar: #O'tish , #Kema , #Harbiy , #Bo'g'zoz , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar